Avstraliya ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishini ma’lum qildi

Avstraliya ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishini ma’lum qildi

Avstraliya rahbari Skott Morrison televizion chiqish qilib, Avstraliya Afg‘onistonda qolgan harbiylarini sentyabr oyida olib chiqib ketishini ma’lum qildi. Bundan avval AQSh xam Afg‘onistonda harbiy harakatlarni tugatishi haqida e’lon qilgandi.

Avstraliya o‘tgan yigirma yil ichida AQSh va NATOning harbiy operasiyalari doirasida Afg‘onistonga 39 mingdan ortiq askarlarni jo‘natgan. Ammo, bugungi kunda Afg‘onistonda Avstraliyaning 80 nafar harbiy kadri bor, xolos.

Morrison o‘z nutqida Afg‘onistonni tark etish to‘g‘risidagi qarorni «Avstraliya tarixidagi muhim voqea» deb atab, bu holat mamlakat mudofaa kuchlari uchun ko‘p zarar ko‘rilgan davrni tugatishini aytdi. Shuningdek, u o‘z nutqida Afg‘onistonda vafot etgan 41 nafar avstraliyalik askarlar nomini birma-bir o‘qigan.

«Bu urushdan ko‘rgan yo‘qotishlarimiz juda katta. Bu jasur avstraliyaliklar eng buyuklarimiz qatoriga kiradi» deydi Morrison.

Avstraliya 2013 yilda Afg‘onistondan o‘zining ko‘p sonli askarlarini olib chiqib ketgandi. So‘nggi yillarda afg‘on yerlarida bu mamlakat harbiylari unchalik ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, urushlarda Avstraliya harbiylari halok bo‘lishda davom etdi va bu Avstraliyaning o‘zida kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!