Asian Cup. O‘zbekiston guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Asian Cup. O‘zbekiston guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Uchrashuv Yaponiya terma jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv ancha hujumkor boshlandi. Terma jamoamiz ko‘plab hujumlar uyutirdi. O‘yinning 40-daqiqasiga kelib yana terma jamoamiz to‘purari Eldor Shomurodov raqiblarni aldab chiroyli tarzda yaponlarning darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan ikki daqiqa o‘tgach Yaponi terma jamoasi hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi Muto. Shu tariqa birinchi bo‘lim yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni jamoalar faol boshlashdi. O‘yinning 58-daqiqasida Shiotani uzoqdan zarba yo‘llab hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Natijada O‘zbekiston terma jamoasi F guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Terma jamoamiz pley-offda Avstraliya terma jamoasi bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

Osiyo kubogi-2019. F guruhi. 3-tur.

YAPONIYa O‘ZBEKISTON - 2:1 (1:1)

Gollar: Yoshinori Muto (43), Sukasa Shiotani (58) Eldor Shomurodov (40)

Ogohlantirishlar: Farrux Sayfiyev (69), Yegor Krimes (72)

Yaponiya: 23.Daniel Shmidt, 2.Genta Miura, 3.Sei Muroya, 4.Sho Sasaki, 10.Takashi Inui (Genki Xaraguchi 81), 11.Koya Kitagava (, 13.Yoshinori Muto (Endo Vataru 86), 14.Junya Ito, 17.Toshixiro Aoyama, 18.Sukasa Shiotani, 20.Tomoaki Makino

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Davron Hoshimov, Yegor Krimes, Islom To‘xtaxo‘jayev, Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Fozil Musayev (Sardor Rashidov 76), Javohir Sidiqov, Dostonbek Hamdamov (Aziz Turg‘unboyev 65), Ikrom Aliboyev, Eldor Shomurodov (Marat Bikmayev 70).

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!