«Ardennalik manyak» - Mishel Furnireni vafot etdi

«Ardennalik manyak» - Mishel Furnireni vafot etdi

Fransiyada oxirgi o‘n yilliklarning eng qonxo‘r qotillaridan biri «Ardennalik manyak» laqabi bilan tanilgan Mishel Furnire olamdan o‘tdi. Bu haqida BFMTV telekanali xabar berdi.

Ko‘plab jinoyatning sirlarini o‘zi bilan olib ketgan Mishel Furnire 2008 yil may oyida rafiqasi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. U 1987-2003 yillar davomida Fransiya va Belgiyada o‘nga yaqin qizning qotilligida aybdor deb topilgan.

Ayni damda polisiya 2003 yilda uyidan chiqib, qaytib kelmagan 9 yoshli qizchaning qoldiqlarini topishga urinmoqda. Furnire bu qotilligi haqida bir yilcha oldin aytib bergandi, ammo jinoyatchining sog‘lig‘i murdani qidirishga imkon bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!