AQShning Filadelfiya shahridagi otishmada ikki polisiyachi yaralandi

AQShning Filadelfiya shahridagi otishmada ikki polisiyachi yaralandi

Filadelfiya shahrida (AQShning Pensilvaniya shtati) otishma vaqtida ikki nafar polisiyachi jarohat oldi , deb xabar berdi NBC mahalliy polisiyaga tayanib.

Otishma AQSh Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayramona pirotexnika namoyishi vaqtida yuz berdi, uni o‘n minglab aholi tomosha qildi.

Otishmadan keyin odamlar vahima ichida voqea joyidan qochib ketishgan, tiqilinch yuzaga kelgan, deyiladi xabarda.

Ok bo‘yicha ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar berilmagan. “Hech kim hibsga olinganga o‘xshamaydi”, — deyiladi telekanal xabarida.

Avvalroq otishma Chikago yaqinidagi Xeyland-Park shahrida ham bayram paradi vaqtida sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Kamida olti kishi halok bo‘ldi, 24 kishi yaralandi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari otishmada gumon qilinayotgan Robert I. Krimoni hibsga oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!