AQShda «Maykl» tropik dovuli qurbonlari soni 11 kishiga yetdi

AQShda «Maykl» tropik dovuli qurbonlari soni 11 kishiga yetdi

AQShda «Maykl» tropik dovuli oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Virjiniya shtati favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, shtatning besh nafar fuqarosi «Maykl» dovuli qurboni bo‘lgan. 520 ming kishi esa elektr tokisiz qolgan.

11 oktyabr, payshanba kuni «Mayk» dovuli (markazi Jorjiyaning markaziy qismida bo‘lgan) tropik dovul darajasigacha zaiflashgan, shamolning maksimal tezligi soatiga 120 km bo‘lgan. Dovuldan yetgan zarar milliardlab dollarga baholanmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!