AQShda maktabdagi otishmada o‘smir halok bo‘ldi

AQShda maktabdagi otishmada o‘smir halok bo‘ldi

Merilend shtatining Joppa shahridagi maktabdagi otishmada 15 yoshli o‘smir halok bo‘ldi.

Bu haqda ABC telekanali shahar tarkibiga kiruvchi Xarford okrugi polisiyasiga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab binosidagi hojatxonalardan birida janjal kelib chiqqan, natijada bir o‘quvchi ikkinchisini o‘qotar qurol bilan og‘ir yaralagan. Shundan so‘ng u shosha-pisha ta’lim muassasasini tark etgan, biroq bir necha daqiqadan so‘ng uni yaqin atrofda polisiya xodimlari qo‘lga olishgan.

Yaralangan o‘smirga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, keyin kasalxonaga yotqizilgan. Keyinroq okrug sherifi uning kasalxonada vafot etganini e’lon qildi, deb xabar berdi telekanal.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!