AQShda koronavirusdan davolanish qanchaga tushadi?

AQShda koronavirusdan davolanish qanchaga tushadi?

Koronavirusga chalingan amerikaliklar davolanish uchun bir necha o‘n ming dollar to‘lashlariga to‘g‘ri keladi, deb ma’lum qildi CNBC.

"Koronavirus infeksiyasi bilan kasalxonaga tushganlar agarda tibbiy sug‘urtasi yo‘q bo‘lsa yoki sug‘urta kompaniyasi ularga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat sug‘urtada ko‘rsatilmagan deb topsa, 42486 dollardan 74310 dollargacha to‘lashga tayyor turishlari kerak", — deb xabar berdi CNBC FAIR Health mustaqil tashkiloti ma’lumotlariga tayanib.  

Bunda, misol uchun, olti kunlik davolanish uchun sug‘urtalanmagan bemorlar 73 300 dollar atrofida, sug‘urtalanganlar esa 38 220 dollar to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 278 mingdan oshib ketgan bo‘lib, ularning soni Nyu-York shtatining o‘zida 102863 nafarga yetdi. Qurbonlar soni esa bir kun ichida 2373 nafardan 2935 nafargacha ortgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!