AQShda 47 yoshli erkak besh kishini otib o‘ldirdi, keyin o‘z joniga qasd qildi

AQShda 47 yoshli erkak besh kishini otib o‘ldirdi, keyin o‘z joniga qasd qildi

Shimoliy Las-Vegasda besh kishini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxs tungi polisiya qidiruvidan so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda CNN'ga tayanib, Kazinform xabar berdi.

24 iyun kuni kechqurun noma’lum shaxs AQShning Shimoliy Las-Vegas shahridagi Kasa Norte Drayvdagi turar-joy majmuasidagi ikkita xonadonga qarata o‘t ochdi. Natijada besh kishi halok bo‘ldi. Shundan so‘ng erkak o‘z joniga qasd qildi.

Dushanba kuni soat 22:00 atrofida Kasa Norte Drayvdagi turar-joy majmuasida otishma sodir bo‘lganligi uchun polisiya chaqirilgan. Ular yetib kelishganida, biri 40, ikkinchisi 50 yoshlardagi ikki ayolni topdilar. Ular o‘qdan jarohat olgan. Tibbiyot xodimlari ularni o‘lgan deb e’lon qilishdi.

Keyinroq polisiya uchinchi qurbon – 13 yoshli qizni topdi, u ham o‘qdan jarohat olgan. U dushanba kuni kechqurun UMC travmatologiya markaziga yetkazilgan va og‘ir ahvolda qolmoqda. Xuddi shu majmuadagi boshqa xonadonda yana uch nafar qurbonlar o‘q jarohatlari bilan topilgan: ikki ayol va 20 yoshli erkak. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, uchalasi ham voqea joyida halok bo‘lgan.

Shundan so‘ng polisiya 47 yoshli Erik Adamsni gumondor sifatida aniqladi va tungi vaqtda qidiruv ishlarini boshladi. Polisiya seshanba kuni ertalab soat 10 ga qadar Adamsni tun bo‘yi qidirdi va u Ist-Leyk-Mid bulvaridagi ofisda ekanligi haqida xabar oldi. Ular yetib kelgach, Adams yaqin atrofdagi uyning hovlisiga qochib ketdi.

“Ofiserlar Adamsga o‘qotar qurolni tashlashni og‘zaki buyruq berishni boshladilar. Ammo Adams bu buyruqni e’tiborsiz qoldirib, o‘z joniga qasd qildi”, – deyiladi xabarda.

Polisiya voqea yuzasidan tergovni davom ettirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!