AQShda 160 dan ko‘p odam vazn yo‘qotadigan doridan vafot etgan

AQShda 160 dan ko‘p odam vazn yo‘qotadigan doridan vafot etgan

Daily Mail” nashri olib borgan tahlil natijasi AQShda 2018 yildan buyon diabetga qarshi ishlatiladigan “Ozempik” dorisi va boshqa preparatlardan vazn yo‘qotish uchun foydalanilishi oqibatida 162 kishi hayotdan ko‘z yumganini ko‘rsatmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, biror o‘lim holati to‘g‘ridan-to‘g‘ri in’eksiya ta’sirida sodir bo‘lgani hali isbotlanmagan. Ekspertlar esa o‘lim statistikasi salbiy natijada bunday dorilar muhim rol o‘ynagan holatlar mavjudligi aks etganini ta’kidlamoqda. Umuman, 2023-2024yillarda vazn yo‘qotadigan dori vositasidan foydalanib vafot etganlar soni bir necha marta oshgan. Masalan, ayni ko‘rsatkich 2022 yil 18, 2023 yil 58, 2024 yilning birinchi yarmida esa 57 tani tashkil etgan.

Avvalroq, CNN telekanali Ozempik qabul qilgan odamda o‘z joniga qasd qilish fikri 45 foiz ko‘proq ekanini ma’lum qilgan edi. Semaglutid, deb ham ataladigan bu preparat dastlab 2-toifa diabetga chalingan bemor qonidagi shakar darajasini tartibga solishga yordam beradigan gormon ekani aniqlangan. Keyinchalik ishtahani nazorat qilish uchun miyaga ta’sir qila olishi man’lum bo‘lgach, vazn yo‘qotish maqsadida qo‘llana boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!