So‘nggi 3 kun ichida “Hizbulloh” Erondan Isroilga hujum qilishni so‘radi — Axios

 So‘nggi 3 kun ichida “Hizbulloh” Erondan Isroilga hujum qilishni so‘radi — Axios

Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, Eron rasmiylari hozir "hujum qilish uchun qulay fursat emas" deb javob berishgan. Tehronning o‘zini tiyib turishiga hozirda Eron prezidenti Pezeshkiyonning Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etayotgani sabab bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Eron prezidenti Tehron Livanga qarshi tajovuzni qoralashi va bu davlatni qo‘llab-quvvatlashini, biroq mintaqada keng ko‘lamli urush olib borishga intilayotgan Isroilning "tuzog‘iga" tushib qolishni istamasligini" aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!