Qurilish sohasida bugunga qadar 1,27 mlrd dollar investisiya o‘zlashtirildi

Qurilish sohasida bugunga qadar 1,27 mlrd dollar investisiya  o‘zlashtirildi

Oxirgi yillarda respublikamizning barcha burchaklarida eng zamonaviy, muhtasham binolar, dam olish va savdo maskanlari, turar joy komplekslari qad rostlamoqda. Axir, mamlakatimizni rivojlantirishning yangi Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar qatorida uy-joy masalasini hal etish ham bor. Aholi uchun barcha qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarining barpo etilishi, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlarini izchil davom ettirilmoqda. Bunday keng ko‘lamdagi ishlarda esa qurilish materiallariga talab yanada ortadi.

Bugungi binolarni eskilari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Hozir qurilish ishlarida yangi turdagi, innovasion, energiya tejamkor qurilish materiallari ulushi ortib boryapti. Quvonarlisi, bunday mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish ko‘lami ham kengaygan.

Joriy yilda 38 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yanvar-avgustda 26,9 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Ma’lumot uchun, hisobot davrida 11,5 mln. tonna sement, 27,5 mln. kv. metr qurilish oynasi, 30,9 mln.kv.metr keramik plitka, 63 mln.kv. metr gipsokarton, 632 ming dona sanitar texnik buyumlar, 2,4 mln. o‘ram gulqog‘oz ishlab chiqarildi

Joriy yilda 1,1 mlrd. dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilishi belgilangan. O‘tgan 8 oyda 542,3 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Xususan, 161,9 mln. dollarlik metall mahsulotlari, 73 mln. dollarlik PVX profil va truba, plastmassa mahsulotlari, 40,5 mln. dollarlik keramika mahsulotlari, 23,2 mln. dollarlik issiqlik saqlovchi materiallar va boshqalar eksport qilindi

Mahalliylashtirish dasturi doirasida yanvar-avgustda
1,4 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Investisiya masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilda sohaga 2,2 mlrd. dollarlik investisiya jalb qilinadi.

E’tiborlisi, shu kunga qadar 1,27 mlrd. dollar investisiya o‘zlashtirildi

2024-2025 yillarda hududlarda 529 ta qiymati 4,5 mlrd. dollarlik loyihalar amalga oshiriladi, natijada 25 646 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shundan, 2024 yilda qiymati 1,1 mlrd. dollar bo‘lgan 309 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Jumladan, Navoiy viloyatida “National Ceramics” MCHJ XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Qoraqalpoq Basaltwool” MCHJ, Jizzax viloyatida “Stone Lider” MCHJ tomonidan ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda kaolindan 2,3 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Xususan, yanvar-avgust oylarida kaolindan 1,7 trln. so‘mlik tayyor mahsulotlar ishlab chiqarildi va 61,8 mln. dollarlik eksport amalga oshirildi.

Sohada yuqori sifatli, raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirish maqsadida Koreya namunasi asosida kompleks sinov laboratoriya tashkil etiladi.

Janubiy Koreyaning “KCL” kompaniyasi bilan hamkorlikda laboratoriya uchun ODA dasturi doirasida 10 mln. dollar grant mablag‘i jalb qilinadi.

Natijada, 30 turdagi qurilish materiallari, 10 turdagi xomashyolarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlashtirishning kompleks tizimi yaratiladi, sifat infratuzilmasi rivojlantiriladi, ekspertlar salohiyati oshiriladi.

Shuningdek, 180 nomdagi sinov uskunalari va jihozlari o‘rnatilib, 200 turdan ortiq sifat xossalari kompleks tarzda tekshiriladi.

Shu bilan birga, tarmoq oldida turgan dolzarb texnologik masalalarga ilm-fan va tadqiqotlar ko‘magida, soha olimlari salohiyatidan unumli foydalanib yechim topish maqsadida “R&D tadqiqotlar markazi” tashkil etildi.

Bugungi kunga qadar sohaga aloqador 20 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining “tadqiqot portfoliosi” o‘rganildi, 37 ta ilmiy loyihalar shakllantirildi.

“R&D tadqiqotlar markazi”da 32 nafar fan doktori (DSc), 67 nafar fan nomzodi (PhD), 50 nafar katta o‘qituvchi, 25 nafar assistent bilan yaqin aloqa o‘rnatildi va ularga tegishli 50 dan ziyod patent, ixtiro, foydali modellar o‘rganilmoqda.

Sohadagi 100 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalarining 50 ga yaqin ilmiy jihatdan hal yetilishi talab etiladigan muammolari jamlandi
va soha olimlari bilan hamkorlikda muammolarni ijobiy yechimini topish bo‘yicha ishlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!