AQSh moliya vazirligi Eronga aloqa xizmatlarini yetkazib berishni ma’qulladi

AQSh moliya vazirligi Eronga aloqa xizmatlarini yetkazib berishni ma’qulladi

AQSh Moliya vazirligi umumiy lisenziyani e’lon qildi, unga ko‘ra departament Eronga aloqa xizmatlarini yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytiradi.

“Ushbu o‘zgarishlar orqali biz Eron xalqiga hukumatning ularni kuzatish va senzura qilishga urinishlariga qarshi turishga tayyor bo‘lishiga yordam beramiz”, — deyiladi agentlik bayonotida.

Tegishli lisenziya Eronda Internet orqali aloqa joylashgan joydan qat’i nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita AQShdan yoki amerikalik shaxs tomonidan pullik yoki tekin eksport va reeksport xizmatlarini amalga oshirish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!