AQSh kompaniyasi bilan chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlik qilinadi

AQSh kompaniyasi bilan chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlik qilinadi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda maishiy chiqindilarning yillik hosil bo‘lish hajmi prognozi 14-14,5 million tonna atrofida baholanib, aholining o‘rtacha 1,5 foizga ko‘payish sur’atini hisobga olganda, ushbu ko‘rsatkich 2028 yilga kelib 16-16,7 million tonnaga yetishi mumkin. Zero, ushbu chiqindilar aholi salomatligi va atrof-muhit uchun xavfli hisoblanadi. Boz ustiga chiqindilar aholi punktlarining sanitariya va ekologik holatiga, mamlakat imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida AQShning “Biologic International LLC” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi rahbari Sharifbek Hasanov, “Biologic International LLC” kompaniyasi boshqaruvchi hamkori Keshav Rajpal va “ Saviday” kompaniyasi hamkori Sean McEllinlar ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida delegasiya mas’ul vakillari tomonidan kompaniyalar faoliyati xususida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash va undan energiya olishga qaratilgan faoliyat yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga doir istiqbolli loyihalar yuzasidan so‘z yuritildi.

Shuningdek, bioetanol va biometan ishlab chiqarish uchun organik chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, organik chiqindilarni saralash kabi qator masalalar ham muhokama qilindi. Muloqot jarayonida mamlakatimizda investorlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar, ayniqsa, chiqindilarni boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va soliq imtiyozlari xususida kompaniya vakillariga batafsil ma’lumotlar berildi.

Yakunda samarali hamkorlik o‘rnatish va kelgusida yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish borasida kelishuvga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!