AQSh investisiya kompaniyalari mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlari bozoriga qiziqish bildirdi

AQSh investisiya kompaniyalari mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlari bozoriga qiziqish bildirdi

Markaziy bankda AQSh Transmilliy tadqiqot korporasiyasi va investisiya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi makroiqtisodiy vaziyat va prognozlar, pul-kredit siyosatini yuritish va inflyasiyani pasaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, tashqi sektor ko‘rsatkichlari hamda bank-moliya tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama etildi.

Investisiya kompaniyalari vakillari davlat qimmatli qog‘ozlari bozoriga qiziqish bildirib, ularga ichki bozordan davlat obligasiyalarini xarid qilishning joriy mexanizmi va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha kelgusi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar doimiy muloqotni tashkil etishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun:

AQSh Transmilliy tadqiqot korporasiyasi 1982 yilda tashkil topgan bo‘lib, jahon bozorlarining keng doiralarida makroiqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar olib boruvchi portfel menejerlarini taqdim etishga ixtisoslashgan konsalting kompaniyasi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!