Turkiya tashqi ishlar vaziri: "Ukrainadagi urushni davom ettirishdan manfaatdor kuchlar bor"
Turkiya Ukraina masalasida vositachi rolini davom ettirmoqda.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan ma’lum qildi.
U urush allaqachon Rossiya hududiga o‘tganini, har kuni o‘n minglab artilleriya o‘qlari otilayotganini ta’kidladi: "Xalqaro hamjamiyat Sharqiy Yevropada sodir bo‘layotgan voqealarga adekvat munosabat bildirmayapti, shekilli, tomonlar o‘rtasida muloqot Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlaridan keyin boshlanishi mumkin" - dedi.
Xoqon Fidan urushni davom ettirishdan manfaatdor kuchlar borligini ham ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)