AQSh harbiy havo kuchlariga ilk musulmon voiza ishga olindi

AQSh harbiy havo kuchlariga ilk musulmon voiza ishga olindi

AQSh harbiy havo kuchlari safida birinchi marta musulmon voiza paydo bo‘ldi – leytenant Soliha Jabin Mudofaa vazirligi tomonidan rasman ishga tayinlandi.

Task&Purpose nashrining xabar berishicha, Soliha AQShga 14 yil oldin Hindistondan o‘qish uchun kelgan. Vaqt o‘tishi bilan u akasining kasbiga havas qilib harbiy bo‘lishga qaror qildi va harbiy kasalxonalardan birida ishlay boshladi. O‘shanda u ilk bor din haqidagi savollarga javob berishiga to‘g‘ri kelgan edi. 

Keyinchalik Soliha Jabin diniy ta’lim oldi va harbiy din voizi lavozimiga hujjat topshirishdi. Endi u harbiy havo kuchlari safida xizmat qiladi. 

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!