APL. Bir kishi kam o‘ynagan «Everton» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, 50 mln funtga sotib olingan Risharlison 2 ta gol urdi

APL. Bir kishi kam o‘ynagan «Everton» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, 50 mln funtga sotib olingan Risharlison 2 ta gol urdi

Angliya premyer-ligasi 1-turi doirasida 11 avgust sanasidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv yakuniga yetdi.

APLga qaytgan «Vulverhemton» o‘z maydonida «Everton»ni qabul qildi. Bellashuvda hisob «Everton»ning yangi a’zosi Risharlison tomonidan 17-daqiqada ​ochildi. O‘yinning 40-daqiqasida Fil Jagelka qizil kartochka olib maydonni tark etdi. «Vulver» esa imkoniyatdan foydalanib, 44-daqiqada Ruben Neveshning ajoyib zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida esa bir kishi kam bo‘lib qolgan «Everton» hisobda oldinga chiqib oldi. Gol muallifi yana Risharlison bo‘ldi. 80-daqiqada Raul Ximenes «bo‘rilar»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etdi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!