«Andijonning 3 million xalqi sizni boqyapti, siz ularni emas!». Bloger Shuhrat Abdurahmonovga murojaat qildi

«Andijonning 3 million xalqi sizni boqyapti, siz ularni emas!». Bloger Shuhrat Abdurahmonovga murojaat qildi

"Telegram"dagi «Bakiroo» kanali muallifi, iqtisodchi Otabek Bakirov «Ular» loyihasiga bergan intervyusida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning «andijonlik qaysi iflos menga bir so‘mini berib qo‘yyapti?» deya aytgan gaplariga o‘z munosabatini bildirdi.

Avvalroq  Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi yozilgan yana bir audioyozuv internetda tarqalgandi. Unda viloyat rahbari Andijonda olib borilayotgan ishlar haqida gapirgan ba’zi kishilarni «sassiq» deb atagan. Shuningdek, audioda uning «andijonlik qaysi iflos menga bir so‘m pulini berib qo‘yyapti?» deganini, Andijon va Namanganni o‘zaro solishtirib aytgan gaplarini eshitish mumkin.

Intervyu davomida Otabek Bakirov Andijon viloyati hokimining bu turdagi gaplariga e’tiroz bildirib, u minayotgan Tahoe viloyatdagi tadbirkorlar hisobidan olinganini eslatib o‘tgan.

Andijon viloyati hokimining audioyozuvi tarqaldi. Viloyat hokimi tadbirkorlar to‘layotgan soliqdan Tahoe minib yuribdi, lekin o‘sha tadbirkorni «to‘ng‘iz» deb so‘kayapti. Ya’ni o‘sha tadbirkor bosh vazirga savol bilan murojaat qilmoqchi bo‘lgan, savol bilan murojaat qilmagan hali, savol bilan murojaat qilish xohishi paydo bo‘lgani uchun uni «to‘ng‘iz» deb so‘kayapti…

Sinizmning kengligini tushunyapsizmi? Aynan bu hokimni qabul qila olmaganim sababi — har ikki gapining birida «Men Andijon viloyatining uch million xalqini boqayapman» deydi. Men o‘sha hokimga kadrdan, efirdan turib gapirmoqchiman — Andijon viloyatining 3 million aholisi sizni boqayapti, siz ularni emas», deydi Otabek Bakirov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!