Andijondagi kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 10 noyabr kuni Andijon viloyati Asaka tumani "Komolot" mahallasida joylashgan kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in soat 00:42 da boshlangan. Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan FVV viloyat boshqarmasining 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib keldi, ular yong‘inni 40 daqiqa ichida to‘liq o‘chirishdi. Yong‘indan buyum bozorining 80 m.kv. maydoni yonib zaralangan.

Yong‘in natijasida buyum bozorida joylashgan 4 ta do‘konga qisman zarar yetgan. FVV qutqaruvchilarining tezkor harakatlari natijasida buyum bozorining 3000 m.kv. maydoni yong‘indan saqlanib qolingan. Yong‘inning sababi va yetkazilgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda. Yong‘indan tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!