Andijonda jinoyatda gumonlangan ayollar qo‘lga olindi

Andijonda jinoyatda gumonlangan ayollar qo‘lga olindi

Andijon viloyati. 2021 yil 31 dekabr kuni soat 18:00 larda noma’lum shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Xo‘jaobod tumanida joylashgan markaziy "Dehqon bozori" oziq-ovqat mahsulotlari sotishga mo‘ljallangan savdo do‘koniga kirib, do‘kon egasi 47 yoshli R.P.,ga tegishli bo‘lgan sumka ichidan savdodan tushgan pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Oltinko‘l tumanida yashovchi 49 yoshli K.L. va 38 yoshli K.B.,lar sodir etganligi aniqlanib, K.L.,dan 3.400.000 so‘m K.B.,dan esa 4.900.000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergov jarayonida qonunbuzarlar tomonidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar qisman qoplanganligi bois, ularga nisbatan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov yakunlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 381-moddasi tartibida ayblov xulosasini tasdiqlash uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!