Andijonda 24 nafar mansabdorga ma’muriy javobgarlik qo‘llandi

Andijonda 24 nafar mansabdorga ma’muriy javobgarlik qo‘llandi

Joriy yilning 20 aprel kuni Prezidentning o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoni qabul qilingandi. Shundan so‘ng Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasiga 850 ga yaqin murojaat kelib tushdi, deya xabar beradi «Xalq so‘zi».

Shu kunga qadar murojaatlarning 95 tasi ijobiy hal qilinib, mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman hokimliklarining qarori chiqarilgan bo‘lsa, 660 dan ortiq ariza ijrosi ta’minlanmasdan qolmoqda.

Jumladan, Jalaquduq tumanida 152, Andijon shahrida 71, Paxtaobod tumanida 72, Qo‘rg‘ontepa tumanida 70, Marhamat tumanida 55 ta murojaat xal etilmasdan qolmoqda. Bu borada zimmasidagi vazifaga e’tiborsizlik bilan yondashgan 24 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!