Andijon shahrida shifokorning hayotiga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon shahrida shifokorning hayotiga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2019 yil 21 avgust kuni soat 10.00larda Xonobod shahar Taraqqiyot 3-tor ko‘chasida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan F.A. birga yashovchi onasi, 2-guruh nogironi, 1955 yilda tug‘ilgan I.A.ni sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli, uni Andijon shahrida joylashgan Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarohat oqibatlari va ortopediya bo‘limiga olib kelib, onasini shu bo‘lim mudirining qabuliga olib kirmoqchi bo‘lgan va bo‘lim mudiri bilan o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Shundan so‘ng, F.A.ning bundan jahli chiqib, bo‘lim mudiri qo‘llarini bog‘lab, o‘zi bilan yelim idishda olib kelgan benzin yoqilg‘isini xonaga sepib, o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgan vaqtida shu bo‘limda ishlovchi xodimlar F.A.ni ushlab qolishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish),173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!