Andijon shahrida kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini saqlab kelgan ayol ushlandi

Andijon shahrida kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini saqlab kelgan ayol ushlandi

Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi ayol fuqaro O.D Andijon shahar hududida joylashgan dorixonaning oldida o‘zini shubhali tutganligi sababli yoni ko‘zdan kechirilganida, qo‘lida bo‘lgan sumkachasi ichidan 117 dona «Regapen» va 10 dona «Tropikamid» nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!