Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Andijonda fuqaro boshqa fuqaroning xalq ta’limi tizimida ishlovchi tanishlarini attestasiyadan o‘tkazish, 2 nafar tanishini maktab direktori lavozimiga hamda dugonasini maktab direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlash masalasini hal qilib berish uchun $8400 so‘ragan va bu pullarni olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Fuqaro bu pullarning $900 ni Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘iga berishini aytganidan keyin tezkor tadbir davom ettiriladi.

Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i $900 ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!