Ana xolos! Ukrainaning yangi prezidenti sudga tortildi. U qonunni buzgan

Ana xolos! Ukrainaning yangi prezidenti sudga tortildi. U qonunni buzgan

Ukrainada joriy yilgi saylovlarda g‘olib chiqqan Vladimir Zelenskiy Kiyev sudiga chaqirildi.
UNIAN nashrining yozishicha, u saylov qonunchiligini buzgani, ya’ni ovoz bergan byulletenini barchaga namoyish etgani uchun sudga tortilgan. Zelenskiy Ukraina ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining 212-10 moddasini buzishda ayblangan.
Saylov kuni u o‘ziga ovoz berganini jurnalistlarga oshkora ko‘rsatgandi. Yakunda u Poroshenko ustidan mutlaq g‘alaba qozondi. Zelenskiyga fuqarolarning eng kam daromadining 30 dan 50 foizgacha miqdorida jarima solinishi mumkin.
Avvalroq, Zelenskiy 9 mayni Shukrona kuni deb atagani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!