Ana xolos! Taniqli aktrisaning kiyimsiz surati ko‘pchilikning nafratiga sabab bo‘ldi

Ana xolos! Taniqli aktrisaning kiyimsiz surati ko‘pchilikning nafratiga sabab bo‘ldi

Taniqli turk aktrisasi Maryam Uzerlining kiyimsiz surati faol muhokama qilinmoqda.

Maryam avval ham uyatsiz suratlarini joylab borgan bo‘lsa-da, bu safargisi haqiqiy shov-shuvga sabab bo‘ldi. Maryamdan bunday harakatni ozchilik kutgandi.

“Maryam, siz ikki farzandning onasisiz, nega bunday suratlar?", “Maryam, kar’erangizga qaytish vaqti kelmadimi?", - deb yozgan tarmoq foydalanuvchilari.

Aktrisaning turkiyalik hamkasblari suratga befarq qolishmadi, ularning ba’zilari Maryam chegarani kesib o‘tganiga ishonishadi.

Eslatib o‘tamiz, aktrisa hech qachon tanqidga e’tibor bermagan va o‘ziga yoqqan tarzda yashagan. Yaqinda bergan intervyusida u yomon niyatlilarga e’tibor bermasligini va o‘z orzulari, ijobiy munosabati bilan yashashini aytdi:

“Menda ko‘p istaklar yo‘q. Ammo kvartirada emas, balki uyda yashash, onam va dadamni tez-tez ko‘rish orzusi bor. Mening eng katta orzuim - farzandlarim Lara va Lili uchun ajoyib kelajak yaratish va nihoyat bu dunyoda gender tengligini ko‘rish. Tanqid haqida o‘ylashga vaqtim yo‘q”, deydi Maryam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!