Ana xolos! Mashhur qo‘shiqchi hojatxonaga chiqmoqchi bo‘lgan muxlisi uchun konsertini to‘xtatib turdi

Ana xolos! Mashhur qo‘shiqchi hojatxonaga chiqmoqchi bo‘lgan muxlisi uchun konsertini to‘xtatib turdi

Mashhur kanadalik qo‘shiqchi Las-Vegasdagi konserti davomida muxlisi hojatxonaga chiqqanligi sababli shouni to‘xtatib turdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Selin Dion qo‘shiq aytib, raqsga tushayotgan paytda muxlisidan biri o‘rnidan turgan va zaldan chiqib ketgan. Xonanda esa uning nima uchun chiqib ketganligini tushunib, konsertni u qaytib kelguniga qadar to‘xtatgan.

So‘ng esa “Birinchi qatorda o‘tirish uchun qimmatga chipta sotib olgan. Kuylashda davom etsam, beparvolik bo‘ladi”, deya hazil aralash ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, xonanda "Titanik" filmiga ishlangan saundrektning ijrochisi sifatida butun dunyoga tanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!