Amerikalik talabalarga Xitoyda messenjerlardan foydalanmaslik tavsiya qilindi

Amerikalik talabalarga Xitoyda messenjerlardan foydalanmaslik tavsiya qilindi

Kaliforniya universiteti o‘z talabalariga Xitoyda messenjerlardan foydalanmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, universitet rahbariyati talabalar va o‘qituvchilarni Xitoyga safarlari vaqtida WhatsApp va WeChat messenjerlaridan foydalanmaslikka chaqirgan.

Ta’kidlanishicha, bu oxirgi vaqtda Xitoyda g‘arb davlatlari fuqarolarining hibsga olinishi holatlari ko‘p uchrayotgani bilan bog‘langan.

Universitetda Xitoy mutasaddi idoralari talabalarning messenjer orqali yuborayotgan xabarlarini ushlab olib, ularni talabalarni hibsga olish vaji sifatida qo‘llashi mumkinligi aytilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!