Amerikalik erkakka «avtopivoqaynatish» sindromi tashxisi qo‘yildi. Uning organizmi o‘z-o‘zidan alkogol ishlab chiqaradi

Amerikalik erkakka «avtopivoqaynatish» sindromi tashxisi qo‘yildi. Uning organizmi o‘z-o‘zidan alkogol ishlab chiqaradi

Amerikalik erkak antibiotiklar kursidan so‘ng spirtli ichimliklar ichmasa ham o‘zini mast holda seza boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, uning organizmi mustaqil ravishda alkogol ishlab chiqarishni boshlagan.

Shifokorlar 47 yoshli bemorga «avtopivoqaynatish» sindromi tashxisini qo‘ygan. Ushbu kasallikka duchor bo‘lgan inson organizmida alkogol ichaklarda hosil bo‘ladi. Bunda bemor spirtli ichimlik iste’mol qilmasa ham unda mastlik belgilari paydo bo‘ladi.

Shifokorlar avvaliga bemorni past uglerodli dieta bilan davolagan, keyin esa shu kabi tashxis qo‘yilgan bemorlarda samara bergan dori vositalari kursini belgilagan. Biroq natija kutilganidek bo‘lmagan.

Shundan so‘ng shifokorlar bemor ingichka ichagiga uning 22 yoshli qizidan olingan fekal mikrobiotini ko‘chirib o‘tkazgan. Operasiyadan buyon deyarli uch yil o‘tgan bo‘lsa-da, bemorda yuqoridagi sindrom alomatlari boshqa kuzatilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!