Alisher Uzoqov istasa har kun kinolarda chiqishi haqida gapirdi

Alisher Uzoqov istasa har kun kinolarda chiqishi haqida gapirdi

“Tashkent city“dagi Congress Hall majmuasida "Toshkent yoshlar forumi — 2020” o‘tkazilganidan xabaringiz bor .Unda turli soha vakillari yoshlar bilan uchrashdi va savollarga javob berdi. Xususan, taniqli aktyor Alisher Uzoqov nega kinolarda kamnamo ekanligini izohladi.

«Aktyor rol tanlay olishni bilishi kerak. Hozirgi seriallardan deyarli har 2-3 kunda taklif keladi. Agar men o‘shalarda suratga tushsam meni yomon ko‘rib qolasizlar, shu taraflari ham bor. 

Yaqinda shunaqa narsa bo‘ldiki, «Jaloliddin Manguberdi» serialiga bordim, kastingdan ham o‘tdim. O‘rgandim, lekin ssenariyda menga taklif qilingan rol yoqmadi. Bo‘lmasa turkiy serial, turk aktyor, aktrisalari, katta pavileon, katta kamera suratga tushsam bo‘lardi, lekin rol yoqmadi, rosti. 

Kasbga nisbatan hurmatim baland, yaxshi ko‘raman, shuning uchun tanlab-tanlab tushaman. To‘g‘ri kamayib ketdi. Yaxshi filmlarga kam takliflar olyapman. Xohlasam har kuni meni seriallarda, kinolarda ko‘rishingiz ham mumkin, lekin keyin menga bo‘lgan munosabatingiz o‘zgarib qoladi», deya o‘z munosabaini bildirdi Alisher Uzoqov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!