Aliment qarzdorligini maishiy texnika bilan undirish to‘g‘rimi?

Aliment qarzdorligini maishiy texnika bilan undirish to‘g‘rimi?

— O‘g‘lim alimentdan qarz bo‘lib qolgan ekan. Yaqinda MIBchilar uyimizga kelib, "qarzini to‘lamasa, o‘rniga o‘rin maishiy texnikani olib chiqib ketamiz", deyishdi. Axir ular o‘g‘limning puliga kelmagan-ku, shunda ham olib ketaverishadimi? O‘g‘limni nomida umuman hech nima yo‘q. Bu vaziyatda MIBchilarning talabi to‘g‘rimi?
Ismi sir tutildi

Amina Xudaybergenova, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi:
— Bolaning ta’minotiga aliment undirish to‘g‘risidagi sudning qarori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro etilishi ko‘rsatilgan.
Aliment qarzdorligi bo‘yicha undirish ishlarini amalga oshirishda aliment to‘lovchining dastlab oylik daromad manbaiga qaratiladi. Agar aliment to‘lovchi qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli bo‘lgan barcha mol-mulklar xatlanadi va majburiy realizasiya qilinadi.
Qonunda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ular Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, qarzdor va uning oila a’zolari normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar hisoblanadi. Qarzdorning mol-mulkini xatlash mol-mulkni ro‘yxatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini e’lon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qo‘yish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir.
Siz o‘zingizga tegishli bo‘lgan shaxsiy buyumlaringizni qarzdorlik uchun xatlanganidan norozi bo‘lsangiz, Majburiy ijro byurosi davlat ijrochisiga nisbatan mulkni xatlov (arest)dan chiqarish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqingiz bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!