Aktrisa Shahzoda Muhammedova kelinlik libosini kiydi (foto)

Aktrisa Shahzoda Muhammedova kelinlik libosini kiydi (foto)

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova ko‘rsatuv uchun kelinlik libosini kiydi. Uning oq ko‘ylakdagi suratlari Instagram’dagi sahifasiga joylashtirildi.

«Bir yildan beri ‘Kelinchak’ ko‘rsatuviga muntazam taklif etishardi. Bu loyihada ishtirok etishga hech ham rozi bo‘lmaganman. Chunki filmlarda va kliplarda oq libosda ko‘p suratga tushganman. To‘g‘risi, nikoh to‘yimgacha ko‘p kelin ko‘ylak kiymay turaqolay degandim, chunki to‘yimda eng chiroyli kelin ko‘ylak kiyaman va o‘zgacha imidj qilaman deb niyat qilgandim», — deb yozadi aktrisa.

Aktrisaning ta’kidlashicha, to‘y liboslari saloni rahbarlari bo‘lgan yaqin insonlari uni mazkur ko‘rsatuvda ishtirok etishga ko‘ndirgan.

Ma’lumot uchun, aktrisa Moskvada arxitektor sifatida faoliyat yurituvchi Marat ismli yigit bilan unashtirilgan. To‘y kuz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!