Ahmadboyga tegishli mulklar savdosi: 2 ta avtomobil va 1 ta uy sotildi. Qolgan mulklar qayta auksionga chiqariladi

Ahmadboyga tegishli mulklar savdosi: 2 ta avtomobil va 1 ta uy sotildi. Qolgan mulklar qayta auksionga chiqariladi

«E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida xalq orasida «Ahmadboy» nomini olgan Ahmadboy Tursunboyevga tegishli bo‘lgan, 2019 yilning dekabrida onlayn auksionga qo‘yilgan 10ta mol-mulkning 3tasi elektron onlayn-auksionlar orqali realizasiya qilingani haqida ma’lumot berdi.

Mulklarning 3 tasi ko‘chmas mulk, 7 tasi esa avtotransport vositalari edi.

2019 yilning 30 dekabr kuni o‘tgan savdolarda Namunali loyiha asosida qurilgan uy-joy 182 mln so‘mga sotilgandi.

Bugun, 10 yanvar kuni o‘tkazilgan onlayn savdolarda 2 ta avtotransport vositasi sotilgan.

Boshlang‘ich narxi 473 mln. so‘m bo‘lgan LAND CRUISER (PRADO) avtomobili savdolarda 539 mln so‘mga sotilgan.

CAPTIVA avtomobili esa 212,7 mln so‘mga baholangan.

Yana 7 ta mulk – 2ta ko‘chmas mulk va 5ta avtomobil qayta auksionga chiqariladi.

«Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUK tomonidan bugungi kunda shaffof va ochiqlik tamoyillariga tayangan holda elektron onlayn-auksionlar tashkil etib kelinmoqda.

Ijro hujjatlari asosida realizasiya qilingan mol-mulklardan tushgan mablag‘larning katta qismi jabrlanuvchilarga ular ko‘rgan zararni qoplash maqsad uchun sarflanadi», deyiladi deyiladi «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUK xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!