Agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirmaganida Ukraina Belarusga hujum qilardi — Lukashenko

Agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirmaganida Ukraina Belarusga hujum qilardi — Lukashenko

Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko Ukraina Belarusga hujum qilishga hozirlik ko‘rganini va agar Rossiyaning operasiyasi bo‘lmaganida buni amalga oshirishi mumkin edi, deb da’vo qilmoqda. Bu haqda Lukashenko bugun Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi «TASS».

Bundan tashqari, Belarus rahbari rossiyalik hamkasbiga Ukrainaning Belarusga hujum qilish rejalarini ochib beruvchi xaritalarni olib kelganini aytdi, deb yozadi RIA Novosti.

Shu bilan birga, Lukashenko Moskvada YEOII va KXSHT formatida uchrashishni va Rossiya Federasiyasining Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyasi tufayli G‘arb davlatlari tomonidan Rossiya va Belarusga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar ostida qanday yashashni muhokama qilishni taklif qildi.

Umuman olganda, Belarus rahbari Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘liq holda Putin bilan doimiy aloqada ekanligini ochiq aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!