Afsus! Prezidentning o‘g‘li ham koronavirusga chalindi

Afsus! Prezidentning o‘g‘li ham koronavirusga chalindi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich instagramda o‘g‘li koronavirusga chalinganini xabar qildi.

"Hammasi boshlanganida, o‘g‘lim Danilo taslim bo‘lmasligini aytdi. Mening birinchi farzandim koronavirus bilan kasallangan. Uni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borishgan. O‘g‘lim, sen buni yengasan. Otang seni yaxshi ko‘radi va hamma seni sevadi", deb yozdi prezident.

Serbiyada koronavirus qurbonlari soni 65 kishiga yetdi, yuqtirganlar soni 2 666 kishini tashkil qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!