Afg‘onistonda so‘nggi uch oy ichida yuqumli kasalliklar tufayli 1200 dan ortiq odam vafot etdi — JSST

Afg‘onistonda so‘nggi uch oy ichida yuqumli kasalliklar tufayli 1200 dan ortiq odam vafot etdi — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afg‘onistonda so‘nggi 3 oy mobaynida turli yuqumli kasalliklar tarqalishi oqibatida 1200 nafardan ortiq fuqaro vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 15 aprel kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afg‘oniston bo‘yicha maxsus hisobot e’lon qilgan. Ushbu hisobotda aytilishicha, 2024 yil boshidan hozirga qadar Afg‘onistonning turli hududlarida qariyb 529 ming 811 kishi nafas yo‘llari kasalliklari, xususan, qizamiq va diareya bilan kasallangan

So‘nggi bir necha oy davomida Afg‘onistonda yuqumli kasalliklar, jumladan, qizamiq va diareya bilan kasallanganlar soni keskin oshib ketgan. O‘tgan uch oyda davomida 16 ming 105 kishi qizamiq, 26 ming 597 kishi diareya bilan kasallangan. Qizamiq bilan kasallanganlarning 80,5 foizi besh yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Hisobotda aytilishicha, 1 apreldan 7 aprelgacha bo‘lgan davrning o‘zida Afg‘onistonda 1535 nafar qizamiq bilan kasallanishga gumon qilingan holatlar qayd etilgan. Shu davrda besh yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bola kasallikdan vafot etgan.

Afg‘onistonning 34 viloyatida umumiy 335,6 ming kishi qizamiq bilan kasallangani aytiladi. Ulardan 1766 nafari vafot etgan. Shuningdek, so‘nggi uch oyda 253 tumanda 13 kishi diareya tufayli vafot etgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afg‘onistonda o‘tkir respirator kasalliklar ko‘payishining muhim omillaridan biri sifatida iqlim o‘zgarishini qayd etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!