Afg‘onistonda qizlarga yashirincha dars o‘tilmoqda

Afg‘onistonda qizlarga yashirincha dars o‘tilmoqda

Afg‘onistonda qizlar maktablari yopilganligi sababli, ba’zi o‘qituvchilar ularga yashirincha dars berishadi.

O‘qituvchilar Wall Street Journal nashriga o‘zlarining motivasiyasini aytdilar: uyda o‘tirib, maktabga bormasdan, qizlar tushkunlikka tushishadi yoki smartfonlarga qaram bo‘lishadi.

Ularning fikricha, Tolibonning eski tuzumga qaytishga urinishi oqibatida yuzaga kelgan sharoit Afg‘onistonning 20 yil ichida qanchalik o‘zgarganini ko‘rsatadi.

Tolibon harakati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulla Mujohid kelgusi o‘quv yili boshidan maktablarda islomiy muhit nihoyat tartibga solinishi, qizlarning darslarga normal qatnashishiga umid bildirdi.

Ayni damda Balx, Qunduz, Saripul, Bomian, Hirot, Gor (aslida faqat Chag‘charon) va Zobul viloyatlaridagi maktablarga o‘rta maktab o‘quvchilari qabul qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!