Afg‘oniston sharqida suv toshqini oqibatida 150 kishi halok bo‘ldi (video)

Afg‘oniston sharqida suv toshqini oqibatida 150 kishi halok bo‘ldi (video)

Afg‘oniston sharqidagi Pokiston bilan chegaradosh Nuriston viloyatida sodir bo‘lgan toshqinlar oqibatida kamida 150 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi 1TV.

Nuriston viloyati mahalliy kengashi rahbari Sa’dulla Payandazoning so‘zlariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar Kamdish okrugini qoplagan.

Payandazoning aytishicha, 80 ga yaqin uylar suv ostida qolgan, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili o‘z navbatida telekanalga bergan izohida 100 nafar halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Hozircha "Tolibon" harakati nazorati ostidagi tumanlarga gumanitar yordam yetkazib bo‘lmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!