Afg‘oniston insonparvarlik yordam uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

Afg‘oniston insonparvarlik yordam uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

3 aprel kuni chegaradosh Hayraton shahrida O‘zbekiston Respublikasining 600 tonnaga yaqin gumanitar yuki Afg‘oniston tomoniga beg‘araz ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirli matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbirda Afg‘onistonning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat vaziri Najib Fahim, Balx viloyati gubernatori Ishoq Rahguzar, shuningdek, O‘zbekiston elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov va mamlakat FVV vakillari ishtirok etdi.

“Afg‘oniston tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyevga va qardosh o‘zbek xalqiga koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq og‘ir vaziyatda insonparvarlik yordami ko‘rsatgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Tinchlik o‘rnatishda, shuningdek, Afg‘oniston iqtisodiyoti va infratuzilmasini tiklashda O‘zbekiston roli yuqori baholandi”, - deyilgan xabarda.

Balx viloyati ma’muriyatining rahbari Ishoq Rahguzar O‘zbekiston haqiqiy qardosh davlat ekanligini, Afg‘onistonning har bir fuqarosi uni qo‘llab-quvvatlayotganini his etayotgani va his etishini ta’kidladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!