Abror Tursunpo‘latov: «U 100 ta zarba yo‘llasa, o‘ziga 99 ta zarba o‘tkazib ham yuborgan»

Abror Tursunpo‘latov: «U 100 ta zarba yo‘llasa, o‘ziga 99 ta zarba o‘tkazib ham yuborgan»

«Jang» ruknining navbatdagi ishtirokchisi taniqli murabbiy Abror Tursunpo‘latov bo‘ldi. U hafta «qahramon»lari Oskar de la Xoya hamda Arturo Gatti o‘rtasidan o‘z tanlovini ma’lum qildi.

- Ajoyib bokschilar... Gatti haqiqiy jangari, urushqoq bo‘lgan. Biroq, u o‘zi zarba berishi bilan birga o‘tkazib ham yuborgan. Misol uchun Ruslan Provodnikov qanchalik yaxshi bokschi bo‘lmasin, u 100 ta zarba yo‘llasa, 99 ta o‘ziga qabul qilib ham olgan. Bunday toifadagi bokschilarning faoliyati ham ertaroq yakunlanadi va muvaffaqiyatsizliklar ham ko‘proq bo‘ladi. Gatti ham shunday bokschi sanaladi. de la Xoya esa havaskor boksda ham ajoyib natijalar qayd etgan. Olimpiada chempioni bo‘lgan. Professional boksda ham chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan. Ringda ham aql bilan harakat qilgan. Umuman uning faoliyati yorqin tarzda kechgan. Men Oskar de la Xoyani tanlayman.

Sobiq jahon chempioni Errol Spens Floyd Meyvezerni Terens Krouforddan yaxshiroq bokschi deb hisoblaydi.

«Ular butunlay boshqa-boshqa daraja. Floyd - o‘zgacha jangchi. Ishonchim komilki, u Terens Krouforddan kuchli», - dedi Spens FightHype bilan suhbat.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida Spens va Terens Krouford yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni kamari uchun jangda ringga ko‘tarilishgan, o‘shanda Terens(40-0, 31 KO) Errol(28-1, 22 KO)ni to‘qqizinchi raundda nokautga uchratgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!