⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

🔖 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin.

📥 Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

✅ Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

📆 Test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

❕ Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport (ID-karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

DTM Axboroti👇
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!