57 yoshli xonanda Aziza 37 yoshli erkakka turmushga chiqdi

57 yoshli xonanda Aziza 37 yoshli erkakka turmushga chiqdi

57 yoshli qo‘shiqchi Aziza birinchi marta rasman turmushga chiqdi. Uning eri 37 yoshli italiyalik restorator Aleksandro Lorte bo‘ldi. Bu haqda Sobesednik.ru xabar bermoqda.

Er-xotin Moskvada munosabatlarni qonuniylashtirdilar. Marosimda san’atkor yulduz dizayner Anika Kerimovaning to‘y libosida paydo bo‘ldi. "Biz Azizaga ikki kun ichida ko‘ylak tikdik. Azizani eng chiroyli kelin qilish uchun kechayu kunduz ishladik! U hech kimga o‘xshamaydi", - dedi dizayner.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatga olish idorasi xodimi Aziza va erkakni er-xotin deb e’lon qilganida xonanda yig‘lab yuborgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!