29-o‘lim: Toshkentda 77 yoshli saraton xastaligidan davolanib kelgan bemor koronavirusdan vafot etdi

29-o‘lim: Toshkentda 77  yoshli  saraton xastaligidan davolanib kelgan bemor koronavirusdan vafot etdi

Poytaxtimizda yashovchi 77 yoshli N. G. shu yilning 7 iyunidan 16 iyungacha Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida  yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan.

Shu yilning 23 iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

U oxirgi 10 yil davomida  yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi  qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

Bemorga (ayol)  Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha  bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Shu yilning 2 iyul kuni standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor  o‘tkir yurak qon-tomir va o‘pka yetishmovchiligidan  vafot etgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!