24 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘il o‘z oilasiga qaytarildi

24 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘il o‘z oilasiga qaytarildi

Xitoylik Guo Gantang va Chjan Venge bundan 24 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘lini topishga muvaffaq bo‘ldi.

"Fox News" xabariga ko‘ra, oilaviy uchrashuv Shandun viloyatidagi Liaocheng shahrida bo‘lib o‘tgan.

Hozir Guo Sinchjen 26 yoshda. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, uni ikki yarim yoshida bir ayol va erkak o‘g‘irlab ketilgan. Ular bolani Xebey viloyatiga olib boradi va Xitoyning markaziy qismida yashovchi oilaga sotib yuboradi.

Iyun oyida polisiya maxsus dastur orqali Guo Sinchjenni qidirib topgan. Keyinchalik uning shaxsi DNK tekshiruvi bilan tasdiqlangan.

Shu vaqt ichida Sinchjenning otasi Guo Gantang bolasini izlab mototsiklda deyarli Xitoyni aylanib chiqqan va polisiyaga boshqa yo‘qolgan bolalarni topishda yordam beruvchi faolga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!