21 aprel kuni yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi? Ma’lumot berildi

21 aprel kuni yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi? Ma’lumot berildi

“O‘zgidromet” 21 aprel, yakshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida bir oz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.

Qoralqapog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’z joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 metrdan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!