2020 yilda narxi eng ko‘p oshgan mahsulotlar ma’lum bo‘ldi

2020 yilda narxi eng ko‘p oshgan mahsulotlar ma’lum bo‘ldi

Davlat Statistika qo‘mitasi 2020 yil davomida narxi eng ko‘p oshgan oziq-ovqat mahsulotlar borasida ma’lumotlarni e’lon qildi.

Narxlari eng ko‘p oshgan mahsulotlar ro‘yxatidan birinchi navbatda dukkaklilar o‘rin olgan. Xususan, grechka (+52,7%), loviya (+36,2%), no‘xat (+27,6%), mosh (+25,6%), bug‘doy uni (+14,8%), guruch – 13,8 %.

Shuningdek, aholi tomonidan eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar - mol go‘shti (+ 21%), qo‘y go‘shti (+25%), baliq (+13,5%) va tovuq go‘shti (+3,9%) narxlari ham sezilarli darajada oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil yakunida narxi eng ko‘p oshgan oziq-ovqat mahsuloti mosh, bug‘doy uni va mol go‘shti bo‘lgan edi. Yil yakunida mosh (+35%) va bug‘doy uni narxi (+32%) hamda mol go‘shti (+26%)ga qimmatlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!