19 sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

19 sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19 sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 26-31 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 26-31 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!