16 yoshli qiz 15 yilga qamalishi mumkin

16 yoshli qiz 15 yilga qamalishi mumkin

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi sobiq darvozaboni Vyacheslav Malafeevning vorisi qamoqqa tushishi mumkin. O‘n olti yoshli Kseniya giyohvand moddalar savdosi uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda "Sport24" telekanali "Mash" telegram kanaliga tayanib.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz giyohvand modda sotayotganida ushlangan. Bu Kseniya do‘stiga taqiqlangan modda berib, evaziga pul olayotganida sodir bo‘ldi.

Ayni paytda Tergov qo‘mitasi tomonidan 228-modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Kseniya nazorat ostida saqlanmoqda.

Avvalroq OAVda Malafeeva ota-onasi bilan yashamasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!