16 yanvardan OTMlarda darslar faqat an’anaviy tarzda o‘tiladimi?

16 yanvardan OTMlarda darslar faqat an’anaviy tarzda o‘tiladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida 2021 yil 16 yanvardan dars jarayonlari faqat an’anaviy tarzda boshlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Kun.uz muxbiri mazkur xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu yolg‘on ma’lumot. 

Qayd etilishicha, respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida darslarni an’anaviy tarzda tashkil qilinishi faqat vazirlikka bog‘liq emas. Buning uchun Respublika maxsus komissiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda ish olib boriladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 16 noyabrdan e’tiboran an’anaviy shaklda davom ettirilmoqda. Bunda talabalarning o‘zi an’anaviy yoki onlayn ta’lim shaklini tanlashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!