“15 yil shunday xotin bilan yashadim...”

“15 yil shunday xotin bilan yashadim...”

Abu Usmon Naysoburiydan so‘rashdi:
- Amallaringiz ichida siz eng ko‘p umid qiladiganingiz qaysi amal?

Naysoburiy dedi:
- O‘smirligimda oilam meni uylantirmoqchi bo‘lishdi. Men ko‘nmadim. Bir kuni oldimga o‘rangan bir ayol keldi. U menga:
- Ey Abu Usmon! Menga uylansangiz. Men sizni yaxshi ko‘rib qoldim, dedi.

U otasi bilan birga kelgan edi. U juda kambag‘al edi. Men ko‘ndim. Otasi qizini menga nikohlab qo‘ydi. Kechqurun kelin huzurimga kirdi. Qarasam, u ko‘zi g‘ilay, cho‘loq va  nogiron qiz ekan. Meni shunchalik yaxshi ko‘rar ediki, ko‘chaga chiqqani qo‘ymas edi. Uning qalbiga ozor bermaslik uchun uning rioyasini qilar edim. Unga yomon ko‘rishimni bildirmas edim. Azbaroyi yomon ko‘rganimdan o‘zim go‘yo cho‘g‘ ustida o‘tirganday edim. 

Shu holatda o‘n besh yil o‘tdi. Xotinim vafot etdi.

Amallarim ichida eng umid qiladiganim ana shu zavjamning qalbini rioyasini qilganim deb o‘ylayman!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!